Maxfiylik siyosati
Yangilangan sana: 2026-10-28
Qanday ma'lumotlar
Telegram ID, ism, username va til; botda ulashsangiz — telefon raqamingiz; buyurtmalar (mahsulot, qabul qiluvchi username, summa, to'lov usuli, vaqt), hamyon harakatlari, sharhlar va yordam chatidagi xabarlar. Saytdan xarid qilsangiz — buyurtma va u yuborilgan IP manzil (firibgarlikdan himoya uchun). Parol, kod va karta ma'lumotlarini hech qachon so'ramaymiz: kartadan to'lovni to'lov tizimi yoki bank qayta ishlaydi.
Nima uchun
Buyurtmani bajarish va yetkazish, to'lovni tekshirish, firibgarlikdan himoya (yangi mijozlar va sayt uchun limitlar), yordam berish va buyurtma haqidagi xabarlar uchun.
Kimga beriladi
Faqat ishni bajarish uchun kerakli qismi: to'lov tizimlariga (Click, Payme, bank) — to'lov uchun; Telegram va Fragment'ga — qabul qiluvchi username, yetkazish uchun. Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama uchun berilmaydi.
Ochiq ko'rinadigan narsalar
Buyurtmalar lentasi, reyting va sharhlarda ismingiz qisqartirilib ko'rsatiladi (masalan, «Dilnoza K.»); ilovadagi «Ismimni yashirish» bilan uni butunlay yashirishingiz mumkin. Saytdan qilingan xaridlar ismsiz ko'rsatiladi.
Saqlash va o'chirish
Buyurtmalar tarixi hisob-kitob va nizolar uchun saqlanadi. Ma'lumotlaringizni o'chirishni yordam chati orqali so'rashingiz mumkin — qonun saqlashni talab qiladigan yozuvlardan boshqasi o'chiriladi.